← Bosh sahifaga qaytish

Bemorlar uchun

Tushunarli tibbiy
ma’lumotlar kutubxonasi

Kasalliklar, zamonaviy amaliyotlar va xavfsiz mashqlar haqida dalillarga asoslangan batafsil ma’lumotlar — barchasi bir joyda, mavzu bo‘yicha qidirish imkoniyati bilan.

Yo‘nalish bo‘yicha
Tanlangan yo‘nalishKonservativ ortopediya

Jarrohliksiz davolash, og‘riq boshqaruvi va mashq terapiyasi.

12 ta material topildi

01ARTROZ — TIZZA VA CHANOQ-SON BO'G'IMI (GONARTROZ / KOKSARTROZ)

Gonartroz va koksartrozda bo'g'im tog'ayining yeyilishi hamda bo'g'im tirqishining torayishi kuzatiladi. Jismoniy mashqlar bo'g'im atrofidagi atrofiya bo'lgan mushaklarni kuchaytirib, tog‘ga tushadigan yuklamani qayta taqsimlaydi.

To'g'ri Oyoqni Ko'tarish (Straight Leg Raise)

Klinik maqsadisonning to'rtboshli mushagini (quadriceps) mustahkamlash.
Bajarish tartibiBemor tekis va qattiq yuzaga chalqancha yotadi. Sog'lom oyoq tizzadan bukiladi hamda kafti polga bosiladi. Shikastlangan oyoq tizzadan to'g'rilanib, son mushagi taranglashtiriladi va poldan 20-25 sm yuqoriga sekin ko'tariladi. Ushbu holatda 5 soniya ushlab turilgach, sekin boshlang'ich holatga tushiriladi.
Klinik doza3 mahal, 10-12 takrorlashdan, haftada 4-5 kun.
Xavfsizlik qoidasiHarakat davomida bel poldan uzilmasligi va siltanishlar bo'lmasligi kerak.

O'tirgan Holda Tizzani Yozish (Seated Knee Extension)

Klinik maqsadiSon old guruh mushaklarini faollashtirish hamda tizza harakatini saqlash.
Bajarish tartibiStulda gavda tekis tutilgan holda o'tiriladi. Shikastlangan oyoq tizzadan sekin yozilib, gorizontal holatga keltiriladi. Son mushagi maksimal siqilib, 5 soniya ushlab turiladi va sekin pastga tushiriladi.
Klinik doza3 mahal, 10-15 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiTizzada keskin qirsillash yoki og'riq paydo bo'lganda oyoqni oxirigacha yozmaslik tavsiya etiladi.

Yonboshlab Oyoqni Ko'tarish (Side-Lying Hip Abduction)

Klinik maqsadiChanoq-son bo'g'imini barqarorlashtiruvchi o'rta dumba mushagini mustahkamlash.
Bajarish tartibiSog'lom yonboshga yotiladi, ostki oyoq muvozanat uchun tizzadan biroz bukiladi. Ustki to'g'ri oyoq sekin 45 daraja burchakkacha yuqoriga ko‘ko'tariladi, 5 soniya ushlanadi hamda sekin tushiriladi.
Klinik doza3 set, 10 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiChanoq orqaga og'ib ketmasligi, tana bir chiziqda saqlanishi lozim.

Sonning Orqa Mushaklarini Cho'zish (Hamstring Stretch)

Klinik maqsadiSon orqa mushaklari elastikligini oshirish va tizza bo'g'imiga tushadigan tortilish kuchi hamda bosimni kamaytirish.
Bajarish tartibiChalqancha yotgan holda, bir oyoq poldan ko'tariladi. Son orqasidan sochiq o'tkazilib, oyoq ko'krak tomonga sekin tortiladi. Tizza imkon qadar to'g'ri tutiladi.
Klinik doza30-60 soniya ushlab turiladi, 3 marta takrorlanadi.
Xavfsizlik qoidasiHarakat davomida keskin og'riq bo'lmasligi, faqat yengil va yoqimli cho'zilish his qilinishi kerak.
02DISK CHURRASI — BEL VA BO'YIN (LUMBAR / CERVICAL HERNIATED DISC)

Umurtqa pog’onasi disk churralarida maqsad pulpoz yadro siljishini markazlashtirish, nerv ildizchalarining siqilishini kamaytirish hamda chuqur mushak korsetini mustahkamlashdan iborat.

Belni Orqaga Yozish — Kobra Mashqi (McKenzie Extension)

Klinik maqsadiBel diskining orqaga siljishini markazlashtirish va neyral dekompressiyani ta'minlash.
Bajarish tartibiQorin bilan tekis yotiladi. Kaftlar yelka ostiga qo'yiladi. Tirsaklar sekin to'g'rilanib, tananing yuqori qismi ko'tariladi. Chanoq polga tegib turishi shart. 5 soniya ushlab turiladi.
Klinik doza2 set, 10 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiHarakat belda o'tkir og'riq paydo bo'lmaydigan darajada bajariladi.

"Qush-It" Mashqi (Bird-Dog)

Klinik maqsadiBel va chanoqning chuqur barqarorlashtiruvchi mushaklarini mustahkamlash.
Bajarish tartibiTo'rtoyoq holatiga o‘tiladi (kaftlar yelka ostida, tizzalar chanoq ostida). Qarama-qarshi o'ng qo'l oldinga va chap oyoq orqaga bir vaqtda to'g'ri uzatiladi. 5 soniya ushlanib, boshlang'ich holatga qaytiladi.
Klinik doza3 mahal, 8-10 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiHarakat paytida bel pastga egilib ketmasligi, tana muvozanati saqlanishi kerak.

Noksimon mushakni Cho'zish

Bajarish tartibi

Tekis va qattiq yuzaga (gilam yoki fitnes mat ustiga) chalqancha yotiladi.

Ikkala tizza bukiladi va oyoq kaftlari polga tegizib turiladi.

Cho'zilishi kerak bo'lgan oyoqning oshig'i (to'pigi) qarama-qarshi oyoqning tizzasi ustiga qo'yiladi (oyoqlar "4" raqami shaklini hosil qiladi).

Ostki (sog'lom) sonning orqa qismidan ikkala qo'l bilan tutib, oyoqlar sekin ko'krak qafasi tomonga tortiladi.

Dumba va chanoqning orqa qismida yoqimli hamda yengil cho'zilish his qilingach, ushbu holatda 20-30 soniya ushlab turiladi.

Sekin boshlang'ich holatga qaytiladi va ikkinchi oyoq uchun ham takrorlanadi.

Klinik dozaHar bir oyoq uchun 3 martadan takrorlanadi (har safar 20-30 soniya ushlanadi), kuniga 1-2 mahal.
Xavfsizlik qoidasiTizza bo'g‘ida yoki chanoq ichida o'tkir og'riq paydo bo'lmasligi kerak. Harakat davomida bosh va bel poldan uzilmaydi.

Bo'yinni Orqaga Tortish (Chin Tucks / Cervical Retraction)

Klinik maqsadiBo'yin disklari va faset bo'g'imlariga tushadigan aksial bosimni kamaytirish.
Bajarish tartibiTik o'tirgan holda, jag'ni barmoq bilan ushlab, boshni sekin orqaga (bo'yinni tekis tutgan holda) tortiladi. Bosh pastga egilmaydi, "ikkinchi jag'" hosil qilinadi. 5 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 set, 10 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiBoshni orqaga tashlash yoki pastga egish taqiqlanadi.

Bo'yin va Trapezasimon Mushakni Cho'zish (Trapezius Stretch)

Klinik maqsadiBo'yin-yelka sohasi mushaklaridagi zo’riqishni olish.
Bajarish tartibiStulda tik o'tiriladi. O'ng qo'l stul chetini ushlab turadi. Bosh chap tomonga sekin egiladi. Chap qo’l bilan bosh yengil ushlanib, cho'zilish oshiriladi. 20 soniya ushlanadi.
Klinik dozaHar bir tomonga 3 marta.
Xavfsizlik qoidasiBoshni keskin va kuch bilan tortish taqiqlanadi.
03MENISK — MEDIAL (ICHKI) VA LATERAL (TASHQI) SHIKASTLANISHLAR

Menisk jarohatlarida rotatsion (buralish) yuklamalarni cheklash va tizza bo'g‘ini barqarorlashtiruvchi mushaklarni kuchaytirish talab etiladi.

To'rtboshli Mushakni Izometrik Siqish (Quad Sets)

Klinik maqsadiTizza bo'g’imi kapsulasi va quadriceps mushagini holatda mustahkamlash.
Bajarish tartibiYerda oyoqlarni uzatib o'tiriladi. Tizza ostiga o'ralgan sochiq qo'yiladi. Tizza orqasi bilan sochiqni pastga bosgan holda son mushagi maksimal taranglashtiriladi. 5 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 set, 10-15 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiTizzada bog'im ichi og’rig'i paydo bo’lsa, bosim kamaytiriladi.

Poshna Bilan Sirpanish (Heel Slides)

Klinik maqsadiTizza bo'g'imining bukilish amplatudasini xavfsiz tiklash.
Bajarish tartibiTekis joyda yotgan holda, poshna floor bo‘ylab sekin chanoq tomonga sirpantirib bukiladi. Maksimal og'riqsiz nuqtaga yetgach, 3 soniya ushlanadi hamda sekin to'g'rilanadi.
Klinik doza3 set, 10 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiPoshna poldan uzilmasligi va yon tomonga og'masligi kerak.

Yonboshlab Tizzani Ochish (Clamshells)

Klinik maqsadiTizza va chanoqning lateral barqarorligini ta'minlash.
Bajarish tartibiYonboshlab yotiladi, tizzalar 90 daraja bukiladi, tovunlar bir-biriga tegib turadi. Poshnalarni uzmagan holda ustki tizza sekin yuqoriga ko'tariladi. 3 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 mahal, 12 takrorlash.
04ROTATOR MANJETA — SUPRASPINATUS MUSHAGINING QISMAN SHIKASTLANISHI

Supraspinatus payi shikastlanishida yelkani 90 darajadan yuqori ko’tarish taqiqlanadi hamda subakromial bo'shliqni kengaytiruvchi mashqlar qo'llaniladi.

Mayatnik Mashqi (Pendulum Exercise)

Klinik maqsadiYelka bo'g'imida zo'riqishsiz pasyiv harakatni ta'minlash hamda og'riqni kamaytirish.
Bajarish tartibiSog'lom qo'l bilan stolga tayaniladi. Shikastlangan qo'l pastga erkin tushiriladi. Tana og'irligi hisobiga qo‘sekin doira shaklida (soat mili va unga qarshi) tebrantiriladi.
Klinik doza2 daqiqa davomida har bir yo'nalishda.
Xavfsizlik qoidasiQo‘mushaklari bilan emas, tana harakati evaziga tebranish hosil qilinadi.

Izometrik Yelka Tashqi Rotatsiyasi (Isometric External Rotation)

Klinik maqsadiRotator manjetani bo'g‘siljishisiz kuchaytirish.
Bajarish tartibiDevor yonida tik turiladi. Tirsak 90 daraja bukilgan va tanaga jipslashtirilgan. Kaftning orqa tarafi bilan devor sekin 5 soniya davomida itariladi.
Klinik doza3 mahal, 10 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiQo‘devorda harakatlanmasligi, faqat static bosim bo‘lishi kerak.

Kuraklarni Birlashtirish (Scapular Retraction)

Klinik maqsadiKurak mushaklarini kuchaytirib, supraspinatus payiga tushadigan bosimni kamaytirish.
Bajarish tartibiTik o'tirgan yoki turgan holda ikkala kurak bir-biriga qarab sekin yaqinlashtiriladi va orqaga-pastga tortiladi. 5 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 mahal, 10-12 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiYelka tepaga (quloq tomonga) ko‘tarilmasligi shart.

Tayoq Yordamida Oldinga Ko'tarish (Wand Passive Flexion)

Klinik maqsadiYelka harakat amplatudasini xavfsiz tiklash.
Bajarish tartibiChalqancha yotib, ikkala qo’l bilan yengil tayoq ushlanadi. Sog'lom qo'l yordamida tayoq sekin bosh ostiga qarab ko'tariladi va qaytariladi.
Klinik doza2 mahal, 10 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiOg'riq chegarasidan tashqariga o’tilmaydi.

Eshik Ramkasida Ko'krak Mushagini Cho'zish (Doorway Stretch)

Klinik maqsadiOld yelka va ko'krak mushaklarini gevşetish.
Bajarish tartibiOchiq eshik romida turib, tirsaklar 90 darajada romga tiraladi. Bir qadam oldinga tashlanib, ko'krak sohasi cho'ziladi. 20 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiYelka orqasiga keskin bosim berilmaydi.
05BITSEPS TENDINITI (BITSEPS PAYINING YALLIG'LANISHI)

Bitseps payining uzun boshi yallig'lanishida ekssektrik yuklamalar va kurak barqarorligi asosiy o'rin tutadi.

Bitseps Payini Pasyiv Cho'zish (Standing Biceps Stretch)

Klinik maqsadiBitsepsning uzun payidagi taranglikni kamaytirish.
Bajarish tartibiDevor yonida tik turib, qo’l orqaga uzatiladi hamda bosh barmoq pastga qaratilib devorga tegiziladi. Tana sekin qarama-qarshi tomonga buriladi. 30 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 marta takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiYelka old qismida o'tkir og'riq bo'lmasligi kerak.

Izometrik Bitseps Bukish (Isometric Biceps Flexion)

Klinik maqsadiPayni harakatsiz holatda yuklamaga moslashtirish va og'riqsizlantirish.
Bajarish tartibiTirsak yoziladi. Ikkinchi qo’l bilan yozilgan bilak ustidan pastga bosim beriladi, bukilgan qo’l esa yuqoriga qarshilik ko’rsatiladi. 5 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 set, 10 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiKuch 50% darajasida qo’llaniladi.

Yelka Orqa Kapsulasini Cho'zish (Sleeper Stretch)

Klinik maqsadiYelka orqa strukturalarini bo'shatish va old paylarga tushadigan bosimni kamaytirish.
Bajarish tartibiShikastlangan yonboshga yotiladi. Yelka va tirsak 90 daraja bukiladi. Sog’lom qo’l bilan bilak sekin pol tomonga pastga bosiladi. 20 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiHarakat yumshoq bajarilishi kerak.
06ADGEZIV KAPSULIT ("MUZLAGAN YELKA")

Adgeziv kapsulitda bo'g'im kapsulasining flegmonoz fibrozi kuzatiladi; mashqlar amplatudani bosqichma-bosqich va o'ta yumshoq tiklashga yo'naltiriladi.

Devor Bo'ylab Sirpanish (Wall Climb / Slide)

Klinik maqsadiYelkaning bukilish amplatudasini tiklash.
Bajarish tartibiDevorga yuzlanib turiladi. Barmoqlar devor bo'ylab sekin yuqoriga "o‘rmalatiladi". Maksimal balandlikda 10 soniya ushlanib, sekin pastga tushiriladi.
Klinik doza2 mahal, 8-10 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiTanani devorga o'ta yaqin bosmaslik lozim.

Tayoq Yordamida Tashqi Rotatsiya (Wand External Rotation)

Klinik maqsadiBo‘g'im old kapsulasini cho'zish.
Bajarish tartibiChalqancha yotgan holda tirsaklar 90 daraja bukiladi hamda tanaga tiraladi. Tayoq yordamida zararlangan qo'l sekin yon tomonga suriladi. 10 soniya ushlanadi.
Klinik doza2 mahal, 10 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiTirsak tanadan uzilmasligi kerak.

Qo'lni Ko'krak Orqali Tortish (Cross-Body Stretch)

Klinik maqsadiYelkaning orqa kapsulasini cho’zish.
Bajarish tartibiShikastlangan qo’l to'g'ri ushlanib, sog'lom qo'l yordamida ko'krak orqali qarama-qarshi yelkaga qarab sekin tortiladi. 20 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiYelka bo’ig'imida o’ta kuchli og’riq hissiyoti bo'lmasligi lozim.

Sochiq Yordamida Orqaga Cho'zish (Towel Stretch)

Klinik maqsadiIchki rotatsiya hamda orqaga uzatish harakatini tiklash.
Bajarish tartibiSochiq orqaga tashlanadi. Yuqoridagi (sog’lom) qo sochiqni ushlaydi, pastdagi (shikastlangan) qo’l sochiqning pastki uchini ushlaydi. Sog’lom qo’l sochiqni yuqoriga tortib, pastki qo'lni ko’taradi. 15 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiO'tkir og'riq paydo bo’lganda to'xtatiladi.

Mayatnik Mashqi (Pendulum Exercise)

Klinik maqsadiBo'g'imlararo suyuqlik harakatini va dekompressiyani ta'minlash.
Bajarish tartibiStolga tayanib, erkin osilib turgan qo'l oldi-orqaga hamda doiraviy tebrantiriladi.
Klinik doza2 daqiqa.
Xavfsizlik qoidasiMushaklarni taranglashtirmay erkin tutish talab etiladi.
07YELKA IMPINJMENT SINDROMI

Impinjment sindromida akromion va rotator manjeta o'rtasidagi subakromial bo'shliqni kengaytirish hamda depressor mushaklarni faollashtirish zarur.

Rezinka Bilan Eshkak Eshish (Scapular Band Rows)

Klinik maqsadiRombmushak va trapeziyaning pastki qismini kuchaytirib, yelka boshini pastga tortish.
Bajarish tartibiFitnes rezinkasi devorga mahkamlanadi. Tik turib, rezinka tirsaklar orqali orqaga tortiladi, kuraklar jipslashtiriladi. 3 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 set, 12 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiYelkani tepaga qisish taqiqlanadi.

Devorga Tayanib Otjimaniye (Wall Push-ups)

Klinik maqsadiOld tishli mushakni (serratus anterior) kuchaytirish.
Bajarish tartibiDevordan bir qadam uzoqda turiladi. Kaftlar devorga qo'yiladi. Sekin tirsaklar bukilib devorga yaqinlashiladi va qaytib ko‘tarilishda kuraklar oldinga suriladi.
Klinik doza3 set, 12 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiTana tekis chiziqda saqlanishi kerak.

Yelka Kapsulasini Bo'shatish (Sleeper Stretch)

Klinik maqsadiOrqa kapsulasi qattiqligini yechish va impingementni kamaytirish.
Bajarish tartibiYonboshlab yotib, tirsak 90 darajada bukilgan holda bilak sekin pastga bosiladi.
Klinik doza3 marta, 20 soniyadan.
Xavfsizlik qoidasiBosim o'ta yumshoq bo'lishi lozim.

Ko'krak Mushagini Cho'zish (Pectoral Stretch)

Klinik maqsadiYelkalarning oldinga botiq durushini (protraksiya) to'g'rilash.
Bajarish tartibiTirsak eshik romiga yoki polga tiralanib, tana oldinga suriladi. 20 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiBeldan egilmang, harakat faqat yelkada bo'lsin.
08FASCIA LATA SINDROMI (ILIOTIBIAL TRAKT SINDROMI / ITB)

ITB sindromida sonning yon boylami ishqalanishini kamaytirish uchun chanoqni barqarorlashtiruvchi va yon mushaklar kuchaytiriladi.

Oyoqlarni Xoch Qilib Cho'zilish (Standing ITB Stretch)

Klinik maqsadiIliotibial trakt va yon parda tarangligini kamaytirish.
Bajarish tartibiShikastlangan oyoq orqaga o'tkazilib, krest holatga keltiriladi. Tana shikastlanmagan tomonga sekin egiladi. 20 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiMuvozanatni yo'qotmaslik uchun devorga tayanilishi mumkin.

Yonboshlab Oyoqni Ko'tarish (Side-Lying Hip Abduction)

Klinik maqsadiO'rta dumba mushagini kuchaytirish hamda ITB ga tushadigan yukni kamaytirish.
Bajarish tartibiYonboshlab yotiladi. Ustki to‘g'ri oyoq sekin 45 darajagacha ko‘tariladi hamda 5 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 mahal, 10-12 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiOyoq uchini tepaga burib yubormang.

Yonboshlab Tizzani Ochish (Clamshell)

Klinik maqsadiTashqi rotatorlar va dumba mushaklarini faollashtirish.
Bajarish tartibiYonboshlab yotib, tizzalar bukiladi hamda ustki tizza chanoq burilmagan holda yuqoriga ochiladi.
Klinik doza3 set, 12 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiHarakat faqat chanoq-son bo'g'imida sodir bo'lishi kerak.
09CHANOQ-SON BO'G'IMI IMPINJMENT SINDROMI (FAI)

Femoroatsetabulyar impinjmentda (FAI) chuqur bukilish va ichki rotatsiyalardan qochish, hamda chanoq va core barqarorligini ta'minlash lozim.

Yarim Cho'kallab Chanoq Bukuvchini Cho'zish (Half-Kneeling Hip Flexor Stretch)

Klinik maqsadiOld chanoq kapsulasi hamda iliopsoas mushagini bo'shatish.
Bajarish tartibiBir tizzaga cho’kib turiladi. Bel tekis tutilib, chanoq sekin oldinga suriladi. Son oldida yengil cho’zilish his qilinadi. 20 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiBel orqaga botiqlashtirilmaydi, tizza burchagi 90 darajadan oshmaydi.

To'rtoyoq Holatida Orqaga Tebranish (Quadruped Rocking)

Klinik maqsadiChanoq bog’imida siqilishsiz bukilish amplatudasini saqlash.
Bajarish tartibiTo'rtoyoq holatiga o'tiladi. Bel tekis tutilgan holda chanoq sekin orqaga, poshnagacha suriladi (og'riqsiz chegaragacha). 3 soniya ushlanadi.
Klinik doza2 mahal, 10 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiBel yaxlit to'g'ri turishi shart, egilib ketmasligi lozim.

Dumba Ko'prigi (Glute Bridge)

Klinik maqsadiGluteus maximus mushagini kuchaytirib, femur boshining oldinga siljishini oldini olish.
Bajarish tartibiYotgan holda tizzalar bukiladi hamda chanoq ko‘tariladi.
Klinik doza3 set, 10-12 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiTizzalarni ichga bukib yubormang.

Yonboshlab Tizzani Ochish (Clamshell)

Klinik maqsadiTashqi rotatsiyani va chanoq barqarorligini yaxshilash.
Bajarish tartibiYonboshlab yotib, tovonlarni uzmagan holda tizza yuqoriga ko'tariladi.
Klinik doza3 set, 12 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiChanoq orqaga ag'darilmasligi kerak.

Noksimon Mushakni Cho'zish (Piriformis Stretch)

Klinik maqsadiChanoqning chuqur rotatorlaridagi spazmni yechish.
Bajarish tartibiChalqancha yotib, oshiq qarama-qarshi tizzaga qo‘iladi va ko‘krakka tortiladi. 20 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiChanoq ichida chimchilish og'rig'i bo'lsa mashq to‘xtatiladi.
10"TENNISCHI TIRSAGI" (LATERAL EPIKONDILIT)

Lateral epikondilitda bilak yozuvchi (extensor) paylarining distal qismida mikrojarohatlar bo'ladi; ekstsentrik yuklamalar reabilitatsiyaning asosini tashkil etadi.

Bilak Yozuvchi Mushaklarni Cho'zish (Wrist Extensor Stretch)

Klinik maqsadiBilakning lateral paylaridagi taranglikni kamaytirish.
Bajarish tartibiQo’l oldinga to'g'ri uzatiladi, kaft pastga qaratiladi. Ikkinchi qo’l bilan kaft orqasi pastga-o’zingizga qarab sekin bosiladi. Tirsak to'g’ri turishi kerak. 20 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiTirsakning tashqi bo'rtig'ida o‘tkir og‘riq bo‘lmasligi lozim.

Ekstsentrik Bilak Yozish (Eccentric Wrist Extension)

Klinik maqsadiExtensor carpi radialis brevis payini qayta tiklash.
Bajarish tartibiBilak stolga qo'yiladi, kaft pastga qaratilib, 0.5-1 kg li yengil yuk ushlanadi. Sog’lom qo'l yordamida kaft yuqoriga ko’tariladi, so’ngra zararlangan bilak bilan yuk sekin (5 soniya) pastga tushiriladi.
Klinik doza3 set, 10-15 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiYuqoriga ko'tarish faqat sog'lom qo'l bilan bajariladi.

Supinatsiya va Pronatsiya Mashqi (Forearm Supination / Pronation)

Klinik maqsadiBilak aylanma mushaklarini kuchaytirish.
Bajarish tartibiBilak stolga qo'yiladi, tirsak 90 daraja bukilgan. Qo‘da tayanch (masalan, kichik tayoqcha yoki engil gantel) ushlanib, kaft sekin tepaga va pastga buriladi.
Klinik doza3 mahal, 10 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiHarakatlar silliq va sekin bajariladi.

Izometrik Bilak Yozish (Isometric Wrist Extension)

Klinik maqsadiO'tkir bosqichda payni harakatsiz modulyatsiya qilish.
Bajarish tartibiKaft pastga qaratilgan holda ikkinchi qo‘bilan qarshilik ko‘rsatiladi, zararlangan bilak yuqoriga bosim beradi, ammo harakat sodir bo‘lmaydi. 5 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 mahal, 10 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiKuch kuchi 30-50% dan oshmasligi kerak.
11"GOLFCHI TIRSAGI" (MEDIAL EPIKONDILIT)

Medial epikondilitda bilak bukuvchi (flexor) paylarining ichki bo'rtiqdagi yallig'lanishi kuzatiladi.

Bilak Bukuvchi Mushaklarni Cho'zish (Wrist Flexor Stretch)

Klinik maqsadiMedial paylardagi taranglikni bo'shatish.
Bajarish tartibiQo‘oldinga uzatiladi, kaft yuqoriga qaratiladi. Ikkinchi qo‘bilan barmoqlar pastga-orqaga qarab sekin tortiladi. Tirsak to‘g‘ri tutiladi. 20 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiTirsak ichki qismida o‘tkir og‘riqqa yo'l qo'yilmaydi.

Ekstsentrik Bilak Bukish (Eccentric Wrist Flexion)

Klinik maqsadiFlexor carpi radialis payining yuklamaga chidamliligini oshirish.
Bajarish tartibiBilak stolga qo’iladi, kaft tepaga qaratiladi va yengil yuk ushlanadi. Sog’lom qo’l bilan kaft yuqoriga ko’tariladi, so'ngra sekin (5 soniya) pastga tushiriladi.
Klinik doza3 set, 10-12 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiYuklama o'ta yengil vazndan boshlanishi kerak.

Izometrik Bilak Bukish (Isometric Wrist Flexion)

Klinik maqsadiTirsak ichki paylarini harakatsiz faollashtirish.
Bajarish tartibiKaft tepaga qaratiladi, ikkinchi qo’l bilan qarshilik berilib, bilakni yuqoriga bukishga “static” harakat qilinadi. 5 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 mahal, 10 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiOg'riq chegarasida bajarilmaydi.

Bilak Pronatsiyasi (Forearm Pronation)

Klinik maqsadiPronator teres mushagini va uning payini mustahkamlash.
Bajarish tartibiTirsak 90 daraja bukiladi, tayanch ushlanib, kaft ichkari-pastga buriladi hamda 3 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 set, 10 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiHarakat silliq bajarilishi lozim.
12DE KERVEN KASALLIGI (BOSH BARMOQ PAYI TENOSINOVITI)

De Kerven kasalligida bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi hamda yozuvchi pay g'iloflarining (APL va EPB) yallig'lanishi kuzatiladi.

Bosh Barmoqni Pasyiv Cho'zish (Passive Thumb Stretch)

Klinik maqsadiBosh barmoq pay g'iloflaridagi gipertonusni kamaytirish.
Bajarish tartibiZararlangan qo'l ko’ndalang ushlanadi. Bosh barmoq kaft ichiga bukiladi va boshqa barmoqlar bilan yopiladi. Bilak sekin tirsak suyagi tomonga egiladi. 15 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiHarakat o'ta yumshoq bo‘lishi kerak, keskin burish taqiqlanadi.

Bilakni Tebrantirish (Radial / Ulnar Deviation)

Klinik maqsadiBosh barmoq paylarining harakat yo'laklarini yaxshilash.
Bajarish tartibiBilak stolga yonboshlab qo‘iladi (bosh barmoq tepaga qaragan). Kaft sekin yuqoriga va pastga tebrantiriladi.
Klinik doza3 mahal, 10 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiQo‘ga og'riq paydo qiluvchi og‘rliklar olinmaydi.

Rezinka Bilan Bosh Barmoqni Yoyish (Elastic Band Thumb Extension)

Klinik maqsadiExtensor pollicis brevis payini va uning g'ilofini mustahkamlash.
Bajarish tartibiBarmoqlar atrofiga kichik rezinka taqiladi. Bosh barmoq sekin yon tomonga, qarshilikka qarshi ochiladi hamda 3 soniya ushlanadi.
Klinik doza3 set, 10-12 takrorlash.
Xavfsizlik qoidasiRezinka qarshiligi o'ta yuqori bo’lmasligi kerak.

Skelet-mushak tizimi patologiyalarini konservativ reabilitatsiya qilishda jismoniy mashqlarning samaradorligi to‘g'ri tanlangan yuklama va ularning doimiyligiga bog'liq. Har bir patologik holat bo'yicha belgilangan biomexanik cheklovlarga amal qilish reabilitatsiyaning xavfsizligini ta'minlaydi. Mashqlarni bajarish jarayonida sub'ektiv og'riq darajasi 10 ballik shkala bo’yicha 3 balli ko’rsatkichdan oshmasligi lozim. Bemorlarda o'tkir og'riq, shish yoki bo'g’im cheklanishi kuzatilgan holatlarda darhol fizioterapevt yoki mutaxassis shifokor bilan maslahatlashish va mashq dozasini qayta ko'rib chiqish tavsiya etiladi.

Individual konsultatsiya

Savollaringiz bo‘yicha mutaxassis bilan bog‘laning.

Qabulga yozilish

Konsultatsiyaga ariza qoldiring

Ma’lumotlaringizni qoldiring — qisqa vaqt ichida siz bilan bog‘lanamiz.