Endoprotezlash — yemirilgan bo'g'im yuzalarini metall va maxsus polimerdan yasalgan sun'iy bo'g'im bilan almashtirish operatsiyasi. U ko'pincha tizza va chanoq-son bo'g'imida bajariladi, va yana yelka, oshiq, tirsak, bo’yin disk qismi, kaft bo’g’imlarida ham bajarilishi bor gap. Asosiy ko'rsatma — konservativ davolash (vazn kamaytirish, mashq, dorilar, in'eksiyalar) yordam bermay qolgan, og'riq tunda uyquni buzadigan va odamning yurishi, ishlashi, kundalik hayoti jiddiy cheklangan kech bosqichdagi artroz yoki bo'g'im boshchasining nekrozi. Faqat rentgendagi rasm asosida operatsiya qilinmaydi — bemorning hayot sifati hal qiluvchi mezon hisoblanadi.
Qarshi ko'rsatmalar asosan: bo'g'imdagi yoki organizmdagi faol infeksiya, og'ir nazoratsiz surunkali kasalliklar, tuzatib bo'lmaydigan mushak yetishmovchiligi, hamda bemorning reabilitatsiyada ishtirok eta olmasligi. Natijalar: bemorlarning 90% ortig'i og'riqdan xalos bo'ladi, milliy registrlar ma'lumotiga ko'ra chanoq-son protezlarining taxminan 60 % 25 yildan ortiq, tizza protezlarining esa 80-82% 25 yilgacha xizmat qiladi. Muvaffaqiyat nimaga bog'liq? Jarrohning tajribasi, protezning to'g'ri joylashtirilishi, jamoaning infeksiya profilaktikasiga e’tibori, vazn va diabet nazorati, chekishni tashlash va eng muhimi — operatsiyadan keyingi izchil reabilitatsiya. Operatsiya sterillik talablari yuqori, ERAS protokollari joriy etilgan markazlarda bajarilgani ma'qul.
Ilmiy manbalar 5
1. Learmonth ID, Young C, Rorabeck C. The operation of the century: total hip replacement. Lancet. 2007;370(9597):1508-1519.
2. Evans JT, Evans JP, Walker RW, et al. How long does a hip replacement last? A systematic review and meta-analysis. Lancet. 2019;393(10172):647-654.
3. Evans JT, Walker RW, Evans JP, et al. How long does a knee replacement last? A systematic review and meta-analysis. Lancet. 2019;393(10172):655-663.
4. Skou ST, Roos EM, Laursen MB, et al. A Randomized, Controlled Trial of Total Knee Replacement. N Engl J Med. 2015;373(17):1597-1606.
5. Beswick AD, Wylde V, Gooberman-Hill R, Blom A, Dieppe P. What proportion of patients report long-term pain after total knee or hip replacement? BMJ Open. 2012;2(1):e000435.